Turkiyada 61 yoshli erkak o‘zini payg‘ambar deb e’lon qildi (video)
Olam
−
06 aprel 14356 2 daqiqa
Turkiyaning Qorabuk shahrida yashovchi 61 yoshli Mahmud D. o‘zini “Iso Masih” deb e’lon qilib, uyining tomi va devorlariga “Masih”, “Payg‘ambar”, “35”, “66” va “Iso” kabi yozuvlarni yozib chiqqan. Bu haqda “Milliyet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Bayir mahallasi Bog‘lar ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qo‘shnilardan shikoyat tushgach, voqea joyiga politsiya va shahar hokimiyati nazorat xodimlari yetib kelgan.
Xodimlar Mahmud D.dan yozuvlarni o‘chirishni talab qilgan. Shundan so‘ng u bo‘yoq olib, panjaradagi yozuvlarni o‘zi bo‘yab o‘chirgan. Uyining tomidagi yozuvlar ham olib tashlangan.
“Yolg‘onchi Masihlarni chiqarib, meni yomonlashmoqchi bo‘lishdi. Bu ish hazil emas. Qayerga chaqirsangiz, borishga tayyorman. Alloh menga vahiy yubordi. Men buni yillardan beri aytib kelyapman. Ya’ni, ko‘p yillardan beri shu yo‘lda yuribman. Erzurumning Ispir tumanida yer yuziga osmondan shakar yog‘gandek bo‘lgan biz tarafda”, degan u.
Shuningdek, u taxminan olti-yetti yoshidan beri oilasi atrofida qandaydir kuchlar tomonidan qurshovga olinganini, bu voqea boshlanganiga 5-6 yil bo‘lganini aytgan.
“Hozir yahudiylar Dovud naslidan bo‘lgan Iso Masihni kutmoqda. Nasroniylar Maryam o‘g‘li – meni, ya’ni Iso Masihni kutmoqda. Musulmonlar ham Iso Masihni kutyapti”, degan Mahmud D.
Live
Barchasi