Turkiyada markaziy osiyolik erkak otib o‘ldirildi (video)

Olam

image

Joriy yilning 31 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Qozog‘iston fuqarosi otib o‘ldirildi. Bu haqda “Orda” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa soat taxminan 16:30 da shaharning Fotih tumanidagi Zaynab Komil ko‘chasida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs erkakka yaqinlashib, uning boshiga o‘q uzgan va voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi esa voqea joyida halok bo‘lgan. Hodisa kuzatuv kameralariga ham tushib qolgan.

Keyinchalik surishtiruv doirasida huquq-tartibot organlari jinoyatda gumon qilingan ikki nafar Gruziya fuqarosini qo‘lga olgan. Ular Edirne hududida, chegaradan noqonuniy o‘tishga urinayotgan paytda dron yordamida aniqlangan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar hududga avtomobilda kelgan, biroq tekshiruv vaqtida mashina ichida hech kim bo‘lmagan. Ular mashinadan tushib, yayov holda qochishga uringan paytda ushlangan. Avtomobil haydovchisi ham tergov qilinmoqda. Unga nisbatan noqonuniy migratsiya va odam savdosi bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha alohida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ushbu hodisadan xabardor ekanini ma’lum qilgan. Bildirilishicha, hozirda Turkiya vakolatli organlari tomonidan zarur tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Oydin viloyatida o‘zbekistonlik 35 yoshli M. Aliyeva o‘zi ishlagan kazinoda boshidan o‘q yegan holda topilib, shifoxonada vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya otib o'ldirildi Qozog'istonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing