Erdo‘g‘an Trampning holidan xabar oldi

Olam

image
Trampga suiqasdda Eronning qo‘li bormi? north_east

Trampga suiqasdda Eronning qo‘li bormi?

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi.Bu haqda TRT xabar berdi.

Erdo‘g‘an suhbat davomida Trampga Vashingtonda Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining an’anaviy kechki ovqat marosimi vaqtida sodir bo‘lgan hujum yuzasidan o‘z munosabatini bildirgan. 

U ushbu voqeani demokratiya va matbuot erkinligiga qarshi qilingan jirkanch hujum sifatida baholagan hamda jarohatlangan xavfsizlik xodimiga tez orada sog‘ayib ketishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH poytaxtida joylashgan Washington Hilton mehmonxonasida Donald Tramp ishtirok etayotgan tadbir vaqtida qurolli hodisa yuz bergandi. Otishma bilan bog‘liq gumonlanuvchi qo‘lga olinib, hujumni sodir etgan shaxs – 31 yoshli Koul Tomas Allen bo‘lib chiqdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi otishma hodisasidan so‘ng Oq uyda brifing o‘tkazib, voqea tafsilotlarini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hujumchi o‘zi bilan bir nechta qurol olib kelgan va uning asosiy nishoni Prezidentning o‘zi bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan. Hodisa xavfsizlik nazorati punktida sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Donal'd Tramp Rajab Toyib Erdo'g'an Otishma hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing