Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Turkiyaning Chankiri viloyati Cherkesh shahrida  o‘zbekistonlik 40 yoshli ayol I.X. o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda turk matbuoti xabar berdi

Qayd etilishicha, ayol Ulusu mahallasida keksa chol-kampirni parvarish qilgan. Joriy yil 30 sentyabr kuni u bog‘da o‘z joniga qasd qilgan. Hodisa tafsilotlari yaqin atrofdagilar voqeani payqagach, ma’lum bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bilan bog‘landi. Bosh konsulxona jizzaxlik ayol o‘zini osib qo‘yganini tasdiqladi. Bildirilishicha, Migratsiya agentligi va O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi ko‘magi bilan marhumaning jasadi kecha, 2 oktyabr kuni O‘zbekistonga yuborilgan. Hozirda holat tergov qilinib, fojiaga nima sabab bo‘lgani o‘rganilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Turkiyaning Istanbul shahrida 36 yoshli o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘zidan pichoqlanib, o‘ldirib ketilgani, qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs O‘zbekistonning Navoiy viloyatida qo‘lga olingani xabar qilingandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov esa asli navoiylik bo‘lgan erkak o‘z uyida emas, Samarqand viloyatidagi tanishinikida ushlanganini ma’lum qildi


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonlik ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing