Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Olam

image

Turkiyaning Bodrum shahrida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 36 yoshli M.S. uyiga ketish uchun mingan avtomobilda ikki erkakning jinsiy tajovuziga uchradi. Bu haqda bugun, 19 mart kuni “Sözcü” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi M.S. Mug‘la viloyatining Bodrum tumanidagi Yalikavak mahallasi Go‘kchebel hududida yo‘l chetida yo‘nalishli taksi kutib turgan bo‘lgan. Yoniga to‘xtagan avtomobildagilar uni boradigan joyiga olib borib qo‘yishini aytgach, mashinaga chiqqan. Biroq avtomobil uning Turkbuku mahallasidagi uyiga emas, qurilish maydoniga qarab harakatlangan.

M.S.ning aytishicha, mashinadagilar uni qurilish joyiga olib borib, o‘lim bilan tahdid qilgan va zo‘rlagan. Zo‘ravonlik paytida erkaklardan biri videoga olgan va shikoyat qilsa, tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan tahdid qilgan. Voqeadan so‘ng jinoyatchilar M.S.ning sumkasi, telefoni va pulini olib qochib ketgan.

Qurilish maydonidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan M.S. yaqin atrofdagi bir uyga borib yordam so‘ragan. Hodisa haqida xabar berilgach, voqea joyiga kelgan tez yordam xizmati xodimlari uni Bodrum davlat shifoxonasiga olib borgan.

Politsiya esa voqeani sodir etganlarni topish uchun kuzatuv kameralarini tekshirishni boshlagan va tergov ishlarini boshlagan. Bodrum Ayollar birdamlik platformasi voqea yuzasidan bayonot bergan.

“Bu hujum bevosita barcha ayollarga qilingan hujumdir. Aybdorlar zudlik bilan qo‘lga olinishi va eng og‘ir jazoga tortilishi kerak. Biz oxirigacha kuzatib boramiz”, deya bildirgan.

Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollar bilan bog‘liq jinoyatlar

Avvalroq, Turkiyaning Balikesir viloyatidan 46 yoshli Dilafro‘z Cho‘liyevaning jasadi topilib, O‘zbekistonga qaytarilgandi. Mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Shuningdek, oldinroq Turkiyaning Istanbul shahri Shishli tumanida chiqindi yig‘uvchi tomonidan axlat konteyneridan o‘zbekistonlik Durdona Hakimovaning jasadi topilgan edi.

Keyinroq mazkur ish doirasida u o‘ldirilgan Umroniyadagi uyda yana bir o‘zbekistonlik ayol – Sayyora Ergashaliyeva ham bo‘laklab o‘ldirilgani aniqlandi.

Bundan tashqari, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik ayol ozarbayjonlik shaxs tarafidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragandi

Turkiyaning Istanbul viloyati Moltepa tumanida 2019 yilda yo‘qolgan deb qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik ayol eri tomonidan o‘ldirilib, chiqindiga tashlangani aniqlangandi


Maqola muallifi

Teglar

Bodrum o'zbekistonlik ayol jinsiy zo'ravonlikka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing