Turkiyadagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Izmit shahridagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.

Portlash Kojaeli viloyati markazida joylashgan Tuprash kompaniyasiga qarashli korxonada yuz bergan. T24 ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar yo‘q.

Telekanal xabarida aytilishicha, voqea joyida tergov ishlari olib borilmoqda, hududga o‘t o‘chiruvchilar hamda favqulodda vaziyatlar xizmatlari jalb qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu neftni qayta ishlash zavodida 2024 yilning noyabr oyida ham ikki marta portlash sodir bo‘lgan. Birinchi hodisa oqibatida 12 kishi yengil tan jarohati olgan edi.

Turkiya yirik neft zaxiralariga ega emas va importga katta darajada qaram. Mamlakatga neft asosan Rossiya, Iroq va Qozog‘istondan yetkazib beriladi. 2023 yilda Turkiya Rossiya neftining eng yirik uchta xaridoridan biriga aylangan, bu asosan Yevropa davlatlarining Rossiyadan neft importini qisqartirgani bilan izohlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida yirik portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Hodisa savdo markazlari, do‘konlar va mehmonxonalar joylashgan Shahri-Nav tumanida yuz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing