“To‘y qachon?” Javohir va Bibisoraning surati keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda
Sport
−
11 aprel 44698 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayevaning birga tushgan surati keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur suratlar ortidan turli fikrlar bildirilmoqda. Ayrim foydalanuvchilar yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, boshqalar ularning shaxsiy hayotiga aralashmaslikka chaqirmoqda. Ko‘pchilik esa bu holatni yoshlarning shaxsiy tanlovi sifatida qabul qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish lozimligini ta’kidlamoqda.
.jpg)
Ma’lumot o‘rnida, Bibisora Assaubayeva blits yo‘nalishida uch karra jahon chempioni bo‘lib, ayollar o‘rtasida eng yosh chempion sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
.jpg)
Eslatib o‘tamiz, Sindorov 9 aprel kuni Kiprda bo‘lib o‘tayotgan Nomzodlar turnirining 10-turida hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhagani mag‘lub etdi. Shu tariqa u erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 8 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, ushbu turnirda Bibisora Assaubayeva ham ishtirok etmoqda u ayollar o‘rtasidagi bahslarda 10-turdan so‘ng 5 ochkoga ega va 5-o‘rinda bormoqda.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi