UEFA “Bavariya”ni jazoladi

Sport

image

UEFA “Bavariya”ni jami 116 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi hamda Chempionlar ligasi doirasidagi navbatdagi uy uchrashuvi uchun stadionning qisman yopilishi bilan jazoladi. Bu haqda “tribal football” nashri xabar berdi.

“Bavariya” dekabr oyi boshida “Sporting”ga qarshi o‘yinda muxlislar tomonidan jamoat yo‘llarini to‘sib qo‘yish va tartibsizliklar sodir etilgani uchun ayblangan edi. Natijada UEFA ilgari shartli tarzda belgilangan jazoni ijroga qaratdi.

Shu sababli, 21 yanvar kuni “Union”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi uchrashuvida “Alyans Arena” stadionining 111–114-sektorlar qismi yopiq bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda butun stadionni qisman yopish jazosi ham belgilandi, biroq u ikki yillik sinov muddati bilan vaqtincha to‘xtatib turildi.

Shuningdek, noyabr oyida “Arsenal”ga qarshi safardagi mag‘lubiyatdan so‘ng ham “Bavariya”ga qo‘shimcha jarimalar qo‘llangan. UEFA nemis klubini olomon orasidagi tartibsizliklar va buyumlar uloqtirilgani uchun 40 ming yevro, shuningdek, “sport tadbiriga mos kelmaydigan xabarlarni tarqatgani” uchun 30 ming yevro jarimaga tortdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA joriy yilning oktyabr oyida Londonda “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi uchrashuvida “Atletiko Madrid” muxlislarining “irqchilik va kamsituvchi xatti-harakatlari” sabab klubga 30 ming yevro jarima qo‘llagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi UEFA “Bavariya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing