UFC chempioni Trampni tanqid qilgani uchun Oq uy turniridan chetlatildi
Sport
−
15:59 1651 1 daqiqa
UFC o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempion Shon Striklend AQSH Prezidenti Donald Trampni tanqid qilgani uchun Oq uyda o‘tkaziladigan UFC tadbiriga taklif etilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Championship Rounds” xabar berdi.
“Men Binyamin Netanyaxu Trampga ta’sir o‘tkazayotganini aytganim uchun Oq uydan chetlashtirilgan yagona amerikalik UFC chempioniman. Bu shunchaki fikr emas, bu fakt”, deydi Striklend.
35 yoshli amerikalik jangchi faoliyati davomida 31 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2023–2024 yillarda UFC o‘rta vazn toifasi chempioni bo‘lgan.
Joriy yilning 10 may kuni Striklend BAA bayrog‘i ostida jang qiladigan chechenistonlik Hamzat Chimayevni hakamlarning yakdil bo‘lmagan qarori bilan mag‘lub etib, chempionlik kamarini qaytarib olgan edi.
Hozirda Striklend UFC’da AQSH sharafini himoya qilayotgan yagona amaldagi chempion hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Oq uy turniri joriy yilning 14 iyundan 15 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning markaziy jangida yengil vazn toifasi chempioni Iliya Topuriya hamda vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keladi.
Shuningdek, fransiyalik Siril Gan va braziliyalik Aleks Pereyra vaqtinchalik og‘ir vazn toifasi chempionlik kamari uchun jang qiladi. Mazkur vazndagi amaldagi chempion esa britaniyalik Tom Aspinall hisoblanadi.
Live
Barchasi