O‘quvchilarni Garvardga tayyorlaydigan xalqaro maktab ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida etiladigan “Garvardchilar maktabi” ochiladi.  Bu haqda bugun, 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochildi.

Yig‘ilishda chetda o‘qiyotgan yoshlarning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi ta’lim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi.

“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”, dedi Prezident.

Davlat rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi. 

Qayd etilishicha, bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumta’lim maktablariga biriktiriladi. Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “El-yurt umidi” jamg‘armasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etilishi xabar qilingan edi. Keyinroq esa ushbu jamg‘armaning ijrochi direktori lavozimiga Gulnoza Saydig‘anixo‘jayevna Ismoilova tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Garvardchilar maktabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar