Ukraianadan katta qadam: Qrimda dron hujumidan 5 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
06 may 5172 1 daqiqa
Qrimning Jankoy shahriga Ukrainaning uchuvchisiz apparatlari (dronlar) hujum qildi va oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksyonov xabar berdi.
U marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga barcha zarur yordam ko‘rsatilishini aytgan.
Shu bilan birga, Sevastopol shahrida ham hujumga qarshi choralar ko‘rilgan. Shahar gubernatori Mixail Razvozhayevning aytishicha, Verxnesadovoye qishlog‘i va shaharning shimoliy qismida 4 ta dron urib tushirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sevastopolda fuqarolik ob’ektlariga zarar yetmagan. Keyinchalik shaharda havo xavfi bekor qilingani e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mayga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaning gaz ishlab chiqarish inshootlariga raketa va dronlar bilan zarba berib, jami besh kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgandi.
Live
Barchasi