Ukrainadan yirik yurish. Rossiya kema yo‘q qilinganini tan olmayapti

Olam

image

Ukrainaning “Sub Sea Baby” nomli suvosti dronlari Novorossiysk portida turgan Rossiyaning “Varshavyanka” suvosti kemasini portlatdi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Xavfsizlik xizmati ijtimoiy tarmoqlarda portlash aks etgan videoni e’lon qildi. Bayonotda portlash oqibatida suvosti kema jiddiy shikastlangani va amalda safdan chiqarilgani ta’kidlangan. 

Ukraina maxsus xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu suvosti kemada Ukraina hududiga zarbalar berishda qo‘llaniladigan “Kalibr” qanotli raketalari uchun to‘rtta uchirish qurilmasi bo‘lgan. Xavfsizlik xizmati “Varshavyanka” sinfidagi bitta suvosti kemaning qiymatini taxminan 400 million dollar deb baholagan.

Rossiya Qora dengiz floti esa Ukrainaning Novorossiyskda Rossiya suvosti kemasi yo‘q qilingani haqidagi xabarlarini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb atadi. Bayonotda Ukraina urinishlari “o‘z maqsadiga yetmagan”, Novorossiyskda “birorta kema yoki suvosti kemasi shikastlanmagan” deyiladi.

“Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Novorossiysk harbiy-dengiz bazasi qo‘ltig‘ida Qora dengiz flotiga mansub Rossiya suvosti kemalaridan biri go‘yoki yo‘q qilingani haqidagi tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi Rossiya tomonining xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya va Ukrainani Qora dengizni harbiy harakatlar maydoniga aylantirmaslikka chaqirgandi. Turkiya yetakchisi Qora dengizda xavfsiz kemachilikni saqlab qolishga chaqirgan. Shuningdek, Turkiya Prezidenti Rossiyaning harbiy tajovuzi ob’ektiga aylangan Ukrainada yaqin orada tinchlikka erishish mumkinligiga ishonch bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina kema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing