O‘lgan ayol olti kishining hayotini saqlab qoldi

Olam

image
Qoni 2,4 mln chaqaloqni saqlab qolgan donor vafot etdi north_east

Qoni 2,4 mln chaqaloqni saqlab qolgan donor vafot etdi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Markaziy shahar klinik shifoxonasi bazasida vafot etgan 63 yoshli ayoldan bir nechta organlar olindi. Ayol donor bo‘lib, olti kishining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vafot etgan ayol 1962 yilda tug‘ilgan va uning yuragi 1988 yilda tug‘ilgan bemorga, jigari esa 1982 yilda tug‘ilgan bemorga ko‘chirib o‘tkazilgan. O‘ng buyragi 1996 yilda tug‘ilgan erkak hayotini saqlab qolgan, chap buyragi esa 1966 yilda tug‘ilgan, 2017 yil oktyabrdan buyon transplantatsiyani kutib kelgan bemorga o‘tkazilgan. Bundan tashqari, donorning ko‘z shox pardalari 1983 va 1956 yilda tug‘ilgan ikki bemorga ko‘rish imkonini qaytargan.

Operatsiyani Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika transplantatsiya markazi tashkilllashtirgan va nazorat qilgan. Jarayonda Olmaotaning yetakchi tibbiyot markazlari, Kardiologiya va ichki kasalliklar instituti, S. Sizganov nomidagi jarrohlik ilmiy markazi hamda Markaziy shahar klinik shifoxonasi mutaxassislari ishtirok etgan. 

Qayd etish joizki, shifokorlar donorning yoshiga qaramay, uning organlari yaxshi holatda bo‘lgani va ularning faoliyatini davom ettirish mumkinligini ta’kidladi. Bu yana bir bor donor yoshi inson hayotini saqlab qolishda to‘siq emasligini tasdiqlaydi.

Respublika markazi donorlik uchun marhumning oilasiga ularning jasoratli qarori uchun chuqur minnatdorlik bildirgan, shuningdek, murakkab jarayonni yuqori darajada o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan tibbiyot mutaxassislarining hamjihatlikdagi mehnatini e’tirof etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning Krouboro shahrida yashovchi 65 yoshli Deniz Bekon operatsiya vaqtida klarnet chalgan edi. Ushbu jarayonda shifokorlar uning bosh miyasiga elektr impulslari ta’sirini kuzatishlari mumkin bo‘lgandi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston donor bemor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing