Umarov Jismoniy tarbiya va sport sohasi malaka oshirish tizimi bilan tanishdi
Sport
−
23 aprel 6766 1 daqiqa
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Umarov Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish institutiga borib, muassasasining faoliyati va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
MOQ rahbariyati institutdagi o‘quv jarayonini bevosita kuzatdi, dars mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan tinglovchilar bilan muloqot qildi. Malaka oshirayotgan sport mutaxassislari, murabbiy va professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarda sport sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilingan.
“MOQ rahbariyatining mazkur institutga borishi ikkala tomon o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga, sport sohasidagi ilmiy-amaliy tajriba almashuvini kuchaytirishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi