Toshkent IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Sport

image

Kecha, 31 oktyabr kuni Bahraynda o‘tkazilgan Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 101-Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida Toshkent 2029 yilgi IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu qaror 31 oktyabr kuni Bahraynda bo‘lib o‘tgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida rasman e’lon qilindi. Shu tariqa, O‘zbekiston poytaxti 2029 yilda Osiyoning eng iqtidorli yosh sportchilarini o‘zida jamlaydigan musobaqa mezbonligini qo‘lga kiritdi.

Marosimda Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etgan.

Tadbir chog‘ida OOK vitse-prezidenti, O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov kelgusi o‘yinlarning ramziy mezboni sifatida OOK bayrog‘ini qabul qilib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahraynda yakuniga yetgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyoning 45 mamlakatidan 4000 nafardan ortiq yosh sportchisi ishtirok etgan mazkur musobaqada 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Otabek Umarov IV Osiyo yoshlar o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing