Ursula fon der Lyayen yangi razvedka bo‘limini tuzyapti

Olam

image

Yevropa komissiyasi global taranglik sharoitida xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida maxsus razvedka bo‘limini tuzish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda bugun, 11 noyabr kuni YeI kakiliga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus hali dastlabki bosqichda.

“Biz murakkab geosiyosiy va geoiqtisodiy muhitda yashayapmiz. Shu sababli Komissiya o‘zining xavfsizlik va razvedka salohiyatini qanday kuchaytirish mumkinligini o‘rganmoqda”, dedi Yevrokomissiya vakili.

“Financial Times” nashrining yozishicha, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen tashabbusi bilan milliy maxsus xizmatlar to‘plagan ma’lumotlarni samaraliroq foydalanish maqsadida yangi razvedka tuzilmasi tashkil etish ishlari boshlangan.

Yangi bo‘lim Yevrokomissiyaning Bosh kotibiyati tarkibida tuzilib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining razvedka hamjamiyati vakillaridan mutaxassislarni jalb etishi hamda umumiy maqsadlar uchun ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bilan shug‘ullanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa komissiyasi Ursula fon der Lyayen razvedka bo'limi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing