Mirziyoyev rafiqasi bilan Bryusselga yetib bordi
Jamiyat
−
24 Oktabr 5971 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga bordi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Belgiya poytaxtining xalqaro ayeroportida davlat rahbarini Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralar hamda belgiyaliklar Qiroli Filipp bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalarining vakillari bilan davra suhbati o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabrda Bryusselda “Kengaytirilgan Hamkorlik va Sheriklik Bitimi” (EPCA) imzolanishi kutiilayotgani haqida xabar berilgandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama munosabatlarda burilish nuqtasiga aylanishi, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va sivilizasion bog‘liqlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr