Urushni tugatish uchun Zelenskiy harakat qilishi kerak – Tramp (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukraina bilan tinchlik kelishuvini tuzishni istayotgani va endi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham harakat qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 14 fevral kuni jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Tramp jurnalistlar savoliga javob berar ekan, u Zelenskiyning tezroq harakatni boshlashi va bunday ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerakligini bildirgan.

“Rossiya kelishuv tuzmoqchi va Zelenskiy harakat qilishi kerak. Aks holda u ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy beradi, u harakat qilishiga to‘g‘ri keladi”, degan Oq uy yetakchisi.

Zelenskiy esa Myunxen xavfsizlik konferensiyasi chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyusida AQSH bosimi ostida qanday yon berishlar bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomonidan, jumladan Trampdan signal kelgan.

U, shuningdek, AQSH bosimi ostida Kiyev oldindan hech qanday shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani, ammo Rossiya bu taklifni rad etganini bildirgan.

“Financial Times” Ukraina va G‘arb amaldorlariga tayanib, Kiyev 2026 yil bahorida prezidentlik saylovlari va Rossiya bilan tinchlik kelishuvi bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi. Manbalarga ko‘ra, Zelenskiy bu haqda 24 fevral – Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganining to‘rtinchi yilligida rasman e’lon qilishi mumkin.

Nashr manbalari aytishicha, Tramp ma’muriyati Ukrainadan har ikki ovoz berishni 15 maygacha o‘tkazishni va yozgacha Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini yakunlashni talab qilgan.

Keyinroq Zelenskiy bu ma’lumotlarni rad etgan. Uning ta’kidlashicha, saylovlar xavfsizlikning barcha kafolatlari ta’minlanganidan keyingina o‘tkazilishi mumkin. Prezidentga ko‘ra, saylovlar masalasini ko‘proq Ukraina ittifoqchilari ko‘taradi, Kiyevning o‘zi emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myunxen xavfsizlik konferensiyasi bu yil Rossiya–Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralardagi muvaffaqiyatsizlikni yanada yaqqol ko‘rsatishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing