AQSH Eronda rejim almashishini xohlaydi – Tramp (video)

3-sahifa

image

AQSH uchun Eronda hokimiyat almashishi voqealar rivojining eng yaxshi varianti bo‘lar edi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp jurnlistlar bilan qilgan muloqotida so‘z ochdi.

Oq uy yetakchisining aytishicha, AQSH Eron bilan bir necha yillardan beri sulh tuzishga harakat qilmoqda, ammo bu hanuzgacha foyda bermagan.

“Aftidan, bu sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi hodisa bo‘ladi. 47 yil davomida ular shunchaki gaplashishdi, gaplashishdi, gaplashishdi va shu bilan birga, ular gapirayotgan paytda biz ko‘p odamlarning hayotini yo‘qotdik”, degan Tramp.

Qolaversa, AQSH Prezidenti Eronning uranni boyitish qobiliyatini saqlab qolishini xohlamasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Qayd etish joiz, ayni damda Amerika Yaqin Sharqqa joylashtirish uchun ikkinchi aviatsiya zarba guruhini tayyorlash haqida buyruq bergan. Bundan tashqari, Tramp Eron bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mintaqaga ikkinchi aviatsiya tashuvchi kemani yuborish masalasini ko‘rib chiqayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Karib havzasida taxminan 16 ming harbiy xizmatchidan iborat bo‘lgan harbiy guruhni joylashtirayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing