Usikning Verxuvenga qarshi jangdan qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik va niderlandiyalik Riko Verxuven o‘rtasida Misrda bo‘lib o‘tgan chempionlik jangi uchun olingan gonorarlar ma’lum qilindi. Bu haqda TotalProSports nashri xabar berdi.

Jang 11-raundda yakunlandi. Hakam bahsni to‘xtatganidan so‘ng, Aleksandr Usik texnik nokaut orqali g‘alaba qozondi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Usik ushbu jangdan taxminan 100 million dollar ishlab topishi kutilmoqda. Riko Verxuven esa 15 million dollardan ortiq mablag‘ olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik professional faoliyati davomida 25 ta g‘alabaga erishgan bo‘lib, ularning 16 tasini nokaut bilan qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu boks oqshomida o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov WBA Regular kamari uchun jang o‘tkazdi va ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchradi.

Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Usik gonorar Riko Verxuven

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing