“Uyda yolg‘iz” filmi qahramoni Kevin onasi bilan 33 yil deganda uchrashdi (Foto)

Madaniyat-san’at

image

O‘zbek tomoshabinlariga “Uyda yolg‘iz” filmidagi betakror ijrosi bilan tanilgan 43 yoshli Makoley Kalkin  Gollivuddagi "Shon-sharaf xiyoboni"da o‘z yulduziga ega bo‘ldi. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.

Marosimda aktyorni tabriklash uchun “Uyda yolg‘iz” filmida Kevinning onasi rolini ijro etgan 69 yoshli aktrisa Ketrin O’Hara ham bevosita qatnashdi. Ma’lum bo‘lishicha, Makoley "onasi" bilan 33 yil deganda uchrashgan. 

"Bu film global miqyosda sensatsiya bo‘lgan va shundayligicha qoladi. Butun dunyodagi oilalarning har yili jam bo‘lib "Uyda yolg‘iz" filmini ko‘rishining asosiy sababchilaridan biri – bu Makoley Kalkin. Ha, uni eng zo‘r ssenariysi va ajoyib rejissyori bor edi. Ammo Makoleyning Kevin Makkallister rolidagi ajoyib ijrosi har bir bolaga g‘ayrioddiy sarguzashtni taqdim etdi. Siz juda qattiq mehnat qilganingizni bilaman, lekin siz aktyorlikni dunyodagi eng tabiiy ishdek ko‘rsatdingiz. Haqiqatan ham biz Kevin ismli haqiqiy kichkina bolani film olish uchun pistirmaga tushirgan edik”, degan O'Hara Makoleyni tabriklab.

Ma’lumot uchun, “Uyda yolg‘iz” filmi 1990 yilda kinoekranlarga chiqarilgan va o‘sha payt uchun rekord miqdorda – 476,7 million dollar daromad keltirgan. “Makkallisterlar” oilasi esa oradan ikki yil o‘tib, 1992 yilda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “Uyda yolg‘iz 2” filmida qatnashish uchun qaytib yig‘ilgan. O‘shandan buyon “ona-bola” Yangi yil qahramoniga aylanishdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Uyda yolg'iz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing