Uyida 34 ming dollarlik psixotrop saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
20 fevral 1563 1 daqiqa
Qirg‘izistondan Farg‘onaga o‘tkazilgan 24 ming dona psixotrop moddalarni uyida saqlab kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs Qirg‘izistondan Farg‘onaga o‘tkazilgan mazkur kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini poytaxtda qayta sotish maqsadida 34 ming AQSH dollari evaziga sotib olgan.
DXX hamda Bojxona idoralari hamkorligida poytaxt hududida o‘tkazilgan tadbirda ushbu shaxsning Shayxontohur tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan.
Uning uyi va avtomashinasidan 14 dona “Perge”, 35 dona “Lirika”, 7 947 dona "Regapen", 16 227 dona “Pregabalin” bo‘lgan jami 24 223 dona umumiy qiymati 34 ming AQSH dollari bo‘lgan dori psixotrop moddalari topilgan.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs bu dorilarni Toshkent shahrida sotishni reja qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, uning Farg‘ona viloyatidagi jinoiy sheriklarini shaxsiga aniqlik kiritish va qo‘lga olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida tarkibida “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dorilarni sotgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi