O‘yin vaqti maydonda jon bergan futbolchilar
Tahlil
−
13 fevral 14304 3 daqiqa
Millionlar o‘yini bo‘lgan futbol muxlislar uchun g‘alaba zavqi, mag‘lubiyat alami, quvonch va alam ko‘z yoshlarini hadya qiladi. Ammo shunday holat borki, barchaning ko‘zyoshlariga sabab bo‘ladi. Bu o‘yin vaqtida, maydonda hushsiz yotgan futbolchini ko‘rish.
Biz esa futbol tarixidagi o‘yin vaqtida maydonda jon bergan futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.
Antonio Puyerta

“Sevilya” sobiq futbolchisi 2007 yilning 28 avgustida “Xetafe”ga qarshi chempionat doirasidagi o‘yinda, maydonda hushidan ketadi va u shu zahoti almashtiriladi. Biroz vaqt o‘tgach u o‘ziga keladi, yurishga ham muvaffaq bo‘ladi. Ammo kiyinish xonasida yana hushidan ketadi. Uch kun o‘tib, shifoxonada postanoksik ensefalopatiya natijasida vafot etadi.
Miklos Feyer

“Benfika” klubi sobiq o‘yinchisi 2004 yilning 25 yanvarida 24 yoshida vafot etdi. U chempionat doirasida “Viktoriya Gimaraynsh”ga qarshi bahsda qadami sekinlashgandayam o‘yinni davom ettirishga harakat qilgan, ammo u baribir yiqildi. Feyer o‘pka emboliyasi oqibatida shifoxonada jon berdi.
Mark Viviyen Foye

Foye 2003 yil 26 iyunda Fransiyada o‘tkazilgan Kanada va Kolumbiya o‘rtasidagi o‘yinda maydonning o‘zida vafot etdi. U yurak xuruji natijasida maydonga to‘satdan yiqildi. Unga tezda tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, maydonning o‘zida jon berdi.
Permario Morosini

Morosini 2012 yilning 14 aprelida “Livorno” va “Peskara” o‘rtasidagi o‘yin o‘rtasida yurak xurujidan vafot etdi. Morosini og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan, biroq shifokorlar futbolchining hayotini saqlab qolish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi, ammo u afsuski, vafot etdi.
Xose Antonio Galyardo

Ispaniya chempionati doirasida “Selta” va “Malaga” o‘rtasidagi o‘yinda Galyardo boshi bilan himoyachi to‘qnashdi. Himoyachi muammosiz o‘rnidan turdi, biroq Galyardo hushidan ketdi. 17 kundan keyin komaga tushdi. 1988 yilning 8 yanvarida u vafot etdi.
Marsio Dos Santos

Dos Santos 2002 yil 28 oktyabrda “Deportivo Vanka” va “Aliansa Lima” o‘rtasidagi o‘yindan ko‘p o‘tmay vafot etdi. Aslida Marsio jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qilgandi. O‘yindan oldin u o‘zini yaxshi his qilmagan va shifokor unga bosh og‘rig‘i uchun tabletkalar yozib bergan. Biroz vaqt o‘tib, u klub mehmonxonasida yurak xuruji sabab jon berdi.
Alen Pamich

Pamich 2013 yilning 22 Maruzni shahrida “NK Istra” bilan o‘rtoqlik o‘yini vaqtida yurak xurujiga uchradi. Uning yuragi bilan bog‘liq muammolar uzoq vaqtdan beri bor edi va birinchi marta bunday vaziyatga tushmagandi. Ammo shifokorlar unga faoliyatini davom ettirishga ruxsat berdi. Ammo u uzoq vaqt o‘tmay bu yorug‘ olamni tark etdi.
Piter Biaksanguzala

Hindiston chempionati vakili “Betlam Vengtlang” klubining 23 yoshli yarim himoyachisi 2024 yilning 19 oktyabr kuni golni nishonlaganidan keyin umurtqa pog‘onasidan jiddiy shikastlandi va biroz vaqt o‘tib shu sababdan vafot etdi.
Kristian Gomes

27 yoshli futbolchi 2015 yilning 24 may kuni “Atletiko Paranya” tarkibida “Boka Unidos”ga qarshi o‘yin vaqtida maydonda hushidan ketgan va biroz vaqt o‘tib, vafot etgandi.
Serxi Perxun

Moskvaninng SSKA klubi darvozaboni Serxi Perxun 2001 yil 29 avgustida Rossiya chempionati doirasida himoyachi bilan to‘qnashib ketdi va boshidan jiddiy jarohat olib, hushidan ketdi. Biroz vaqt o‘tib u komaga tushib qoldi. Oxir-oqibat Perxun jarohati sabab, vafot etdi.
Live
Barchasi