O‘zbek-qirg‘iz chegarasidan psixotrop o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi (video)
3-sahifa
−
12 mart 2000 1 daqiqa
O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining Andijon viloyati Marhamat tumanida psixotrop moddalarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining Andijon viloyati Marhamat tumani “Bobohuroson” Mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi qismida qirg‘izistonlik shaxs chegara sim to‘siqlari ustidan 1 dona qog‘oz qutini uloqtirgan. Uni olayotgan 1985 va 1987 yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro ushlangan.
Ushbu qog‘oz quti xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 9988 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston va O‘zbekiston chegarasidan 62 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalarini olib o‘tayotgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi