Qirg‘izistondan Farg‘onaga psixotrop dori olib o‘tganlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida chegaradan 3,2 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib o‘tish holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh shaxslar psixotrop dorilarni chegara hududidan O‘zbekistonga olib o‘tgani aniqlangan. Ular 30 660 dona “Regopen” va 925 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Farg‘ona tumani, “Vaziyo” MFY hududidagi O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi davlat chegaralariga tortilgan sim to‘siqlarni buzib, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib o‘tgan. Holat tezkor tadbir davomida aniqlanib, shaxslar qo‘lga olingan va dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida turli lokatsiyalarga tarqatib yurgan shaxs ushlangani xabar qilingan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston Farg'ona psixotrop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing