O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi

Jamiyat

image
O‘zbekiston harbiylari AQSHda rekord natija bilan g‘alaba qozondi (video) north_east

O‘zbekiston harbiylari AQSHda rekord natija bilan g‘alaba qozondi (video)

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi Pokistonda o‘tkazilgan VIII Xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida rekord natija qayd etib, g‘olib bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu musobaqada 14 ta davlat – O‘zbekiston, Bahrayn, Saudiya Arabistoni (4 ta jamoa), AQSH, Marokash, Xitoy, Iordaniya, Iroq, Turkiya, Maldiv orollari, Shri-Lanka, Belarus, Qozog‘iston va Qatardan 17 ta xalqaro jamoa va Pokistonning 14 ta, jami 31 ta jamoa bellashgan.

Musobaqa shartlariga ko‘ra, jamoalar 90 km (60 soat vaqt ichida)gacha bo‘lgan marshrutning 7 ta nazorat nuqtasida azimut bo‘yicha harakatlanib, unda taktik-maxsus, otish, tibbiy, aloqa, muhandislik tayyorgarligi, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya va harbiy topografiyadan turli maxsus mashqlarni, shuningdek, kutilmagan testlarni yechish mashqini bajardi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi qur’aga binoan birinchi nazorat nuqtasidan 17-bo‘lib harakatlanishni boshlagan bo‘lsa-da, har bitta nuqtada maxsus vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib, 46 soat 44 daqiqa ko‘rsatkich bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. O‘zbekistonliklar harbiylar 34 daqiqa 15 soniyada 90 kg yaradorni to‘liq anjom-aslahalar bilan evakuatsiya qilish (5 km masofaga yugurish) vazifasini bajarib, musobaqa rekordini o‘rnatdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin O‘zbekiston jamoasiga (95 foiz natija) nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rin Xitoy jamoasiga (74 foiz natija) hamda 3-o‘rin Bahrayn jamoasiga (65 foiz natija) berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 aprel kuni Hindistonning Puna shahridagi “Aundh” xalqaro mashg‘ulotlar bazasida “Do‘stlik – 2025” Hindiston-O‘zbekiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi Pokiston armiya o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing