O‘zbekiston 3 ta katta sport musobaqasiga mezbonlik qiladi
Sport
−
26 dekabr 2025 4087 1 daqiqa
O‘zbekiston 2026 yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029 yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.
“Eng muhim yutuqlarimiz haqida so‘z yuritganda, azm-u shijoatli sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan g‘alabalarini mamnuniyat bilan ta’kidlash o‘rinlidir”, dedi Prezident.
2025 yilda O‘zbekiston milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani, Javohir Sindorov jahon kubogining eng yosh sohibi bo‘lgani alohida e’tirof yetildi.
Shuningdek, 9-17 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagani eslab o‘tildi.
Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida 125 ta oltin, 77 ta kumush va 52 bronza medalini qo‘lga kiritib, ishtirokchi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etilgani yodga olindi.
Live
Barchasi