O‘zbekiston aholisining qancha mashinasi bor?

Olam

image

2025 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 522,1 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Ushbu mashinalarning asosiy qismini yengil avtomobillar (93 foiz) tashkil etadi. 2025 yilning dastlabki uch oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan.

2025 yilning 1 aprel holatiga jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
yengil avtomobillar – 4 207,6 ming dona;

yuk avtomobillari – 293,3 ming dona;
mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
maxsus transport vositalari – 7,4 ming dona;
avtobuslar – 6,1 ming dona.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 65,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing