Futbolchi 17-19 yoshda tayyor bo‘lsa, milliy jamoaga jalb qilinishi kerak – Kannavaro
Sport
−
13:48 1864 2 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi Fabio Kannavaro Jahon chempionati oldidan Dubayda tashkil qilingan o‘quv mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng terma jamoaga nomzod yoz futbolchilar haqida fikr bildirdi.
“Gap yoshda emas, sifatda. Futbolchining necha yoshga kirganini emas, iste’dodi va jangchi sifatidagi xarakteri muhim. Futbolchi 17-19 yoshda tayyor bo‘lsa, milliy jamoaga jalb qilinishi kerak. Nega ularni yoshi kichik deb, U-21, U-23 jamoasida qoldirishimiz kerak?
Agar qaysidir o‘yinni ko‘rgani borsam, bu shunchaki tashrif emas. Men futbolchini o‘z ko‘zim bilan real vaziyatdagi harakatlarini ko‘rishni istayman. Safarda bo‘lsam ham stadionlarga borishni yaxshi ko‘raman. O‘yinni jonli ko‘rishga hech narsa yetmaydi. Uyda o‘tirib, ketma-ket bir nechta videoni ko‘rish men uchun zerikarli. Men stadionga borib futbolchini bevosita kuzatgim keladi, chunki kichik detallarni video orqali ko‘ra olmaysiz. Aynan o‘sha mayda jihatlar keyinchalik muhim bo‘lib chiqadi”, deydi Kannavaro.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro jamoasi Dubay yig‘ini doirasida joriy yilning 26 yanvar kuni Xitoyga qarshi 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, 30 yanvar kuni Armanistonning “Urartu” klubini 4:2 hisobida yengdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan edi.
Live
Barchasi