O‘zbekiston eng ko‘p mahsulotni qayerdan sotib olmoqda?
Jamiyat
−
01 dekabr 8899 1 daqiqa
2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning importi hajmi 37,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga o‘sgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston 177 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.
2025 yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p mahsulot sotib olgan davlatlar:
- Xitoy – 11,5 mlrd;
- Rossiya – 7 mlrd;
- Qozog‘iston – 2,7 mlrd;
- Turkiya – 1,5 mlrd;
- Koreya Respublikasi – 1,4 mlrd;
- Germaniya – 953,9 mln;
- Hindiston – 941,7 mln;
- Turkmaniston – 753,2 mln;
- Belarus – 632,5 mln;
- AQSH – 614,4 mln;
- Boshqa davlatlar – 9,6 mlrd.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda O‘zbekistonda jami 27,7 mlrd AQSH dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgani va uning 28,7 foizi Xitoy ulushiga to‘g‘ri kelishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi