O‘zbekiston Eron bilan durrang o‘ynadi
Sport
−
10 yanvar 5101 1 daqiqa
Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi 2-tur doirasida Eronga qarshi maydonga tushdi. Unda tomonlar murosa yo‘lini tanladi va 0:0 hisobida durrang natija qayd etildi.
Birinchi bo‘lim tengkurashlar ostida boshlandi. Ikkala jamoa vakillari gol urish uchun ba’zi imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limda eronlik futbolchilar kichik ustunlikka ega bo‘ldi. Ammo O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tartibli himoyalanib, qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildi. Kichik imkoniyatlar bo‘lganiga qaramay, o‘yin oxirigacha hisob ochilmadi. Yakunda bahs nursiz durrang bilan yakunlandi.

Mazkur o‘yindan so‘ng O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 4 ochko jamg‘arib, guruhda 2-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhdagi ilk bahsda Livan olimpiya terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.