O‘zbekiston FIFA reytingida qancha ball yo‘qotdi?
Sport
−
09 iyun 14557 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyatdan so‘ng FIFA reytingida 2,47 ball yo‘qotdi. Buni FIFA’ning terma jamoalar reytingi ma’lumotlarida ko‘rish mumkin.
Kecha, 8 iyun kuni bo‘lib o‘tgan bahsda “oq bo‘rilar” Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi. Oqibatda O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 2,47 ochkoni yo‘qotdi, biroq shunga qaramay 50-pog‘onadagi o‘rnini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 iyun kuni Fabio Kannavaro shogirdlari Kanadaga qarshi o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchragan edi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng terma jamoa FIFA onlayn reyting tizimida 4 ochko yo‘qotgan.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ikki o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng jami 6,47 ochkoni yo‘qotib, 1458,73 ball to‘plagan holda mundialga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Hozirgi FIFA reytingida amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinni Yevropa chempioni Ispaniya egallagan bo‘lsa, Dide Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingi joriy yilning 11 iyun kuni rasman e’lon qilinadi.
Live
Barchasi