O‘zbekiston FIFA reytingida pastladi

Sport

image

Joriy yilning yanvar oyida yakuniga yetgan Afrika kubogidan so‘ng FIFA reytingi yangilandi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi reytingda ikki pog‘ona pastladi.

Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan ikki pog‘ona pastlab, 52-o‘rindan joy olgan. Shuningdek, milliy terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etgan. O‘zbekistondan yuqorida, Avstraliya (27), Janubiy Koreya (22), Eron (20) va Yaponiya (19) milliy terma jamoalari o‘rin olgan. Hozirda O‘zbekiston MTJ reytingda 1462.03 ochko jamg‘argan.

Reytingda Ispaniya terma jamoasi 1-o‘rinni, Argentina terma jamoasi 2-o‘rinni, Dide Desham shogirdlari 3-o‘rinni saqlab qolgan.

Umumiy yuqori o‘nlik esa quyidagicha:

•  Ispaniya
•  Argentina
•  Fransiya
•  Angliya 
•  Braziliya 
•  Portugaliya
•  Niderlandiya
•  Marokash
•  Belgiya 
•  Germaniya


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo FIFA reytingi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing