O‘zbekiston Gabonni mag‘lubiyatga uchratdi

Sport

image

Bugun, 27 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turnir doirasida Gabonga qarshi bahs olib bordi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab uchrashuvning 6-daqiqasida mehmonlar vakili Averlant hisobni ochgan bo‘lsa, 14-daqiqada Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Johongir O‘rozov O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan 90+4-daqiqada Alisher Odilov O‘zbekiston terma jamoasining 3-golini kiritdi. Uchrashuv yakuniga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi.

Toshkent mezbonligidagi xalqaro turnir doirasida ikkinchi uchrashuvda Venesuela Trinidad va Tobagoni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 30 mart kuni Venesuela terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs ham “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Gabon FIFA Series

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing