O‘zbekiston qidirayotgan turkiyaliklar Qozog‘istonda ushlandi
3-sahifa
−
20 fevral 2025 6538 1 daqiqa
O‘zbekistonda bosqinchilik jinoyati sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan 3 nafar Turkiya fuqarosi Qozog‘istonda ushlandi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bosqinchilik Toshkentda yuz bergan. Jinoyatchilar niqob kiyib, begona avtomobilni egallab olishga harakat qilgan. Biroq jabrlanuvchilar faol qarshilik ko‘rsatgan, natijada reja amalga oshmay, gumonlanuvchilar voqea joyidan qochib ketgan.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, hujumdan keyin ikki shaxs Atirau viloyatiga qochgan, uchinchisi esa Qozog‘iston janubiga yashiringan.
“O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uchala jinoyatchi qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatorlariga joylashtirildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro qidiruvda bo‘lgan Qozog‘istonning Aqtau shahri sobiq hokim o‘rinbosari Timur Sadvakasov O‘zbekistonda qo‘lga olingan edi. Sobiq amaldor avval Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan, so‘ng O‘zbekistonga yashirincha kirgan. Bu yerda esa chegara xizmati tomonidan qo‘lga olingan. Vatanida u korrupsiyaga oid jinoyatlarda gumon qilinmoqda.
Live
Barchasi