O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘yinining vaqti o‘zgardi

Sport

image

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 3-bosqich 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘yinining boshlanish vaqti soat 21:15 ga ko‘chirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 20 mart kuni belgilangan bahs dastlab soat 18:45 da boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq o‘yin birinchi belgilangan vaqtdan 2 yarim soat o‘tib boshlanadigan bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida shu qarorga kelingan.

Ma’lumot uchun, hozirga kelib O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida 13 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 1-o‘rinni egallagan Eron hisobida esa 16 ochko mavjud. 20 mart kuni O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadigan Qirg‘iziston esa 3 ochko bilan guruhda 5-o‘rinni band etgan.

Qayd etish joiz, 3-bosqichda guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri mundial yo‘llanmasiga ega chiqadi. 3-o‘rinni egallagan jamoalar 4-bosqichda JCH yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing