O‘zbekiston korrupsiya indeksida uch pog‘ona pastladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston 2025 yil yakunlari bo‘yicha Korrupsiyani qabul qilish indeksida 182 ta davlat orasida 124-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan uch pog‘onaga past ko‘rsatkichdir. Bu haqda bugun, 10 fevral kuni “Transparency International” xalqaro tashkiloti e’lon qilgan hisobotda so‘z boradi.  

Unga ko‘ra, 100 ballik tizimda O‘zbekiston 31 ball to‘plagan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 32 ballni tashkil etgan. Indeksda 0 ball korrupsiyaning juda yuqori, 100 ball esa juda past darajasini anglatadi.

Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha korrupsiya darajasi oshishda davom etmoqda. Hatto AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya va ayrim Yevropa davlatlarida ham ko‘rsatkichlar yomonlashgan.

Dunyo bo‘yicha 2025 yilda korrupsiya holati o‘rtacha ko‘rsatkich 42 ballni tashkil etdi. Bu so‘nggi o‘n yildan ortiq davrdagi eng past natija hisoblanadi. Dunyo mamlakatlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i 50 balldan kam ball to‘plagan.

Reytingda Daniya sakkiz yildirki yetakchilikni saqlab qolmoqda – 89 ball. Undan keyingi o‘rinlarda Finlyandiya (88 ball) va Cingapur (84 ball) joylashgan. Eng quyi o‘rinlarni Janubiy Sudan, Somali va Venesuela egallagan.

Rossiya 22 ball bilan 157-o‘rindan joy oldi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 96-o‘rinni, Qirg‘iziston 142-o‘rinni, Tojikiston 166-o‘rinni, Turkmaniston 167-o‘rinni, Afg‘oniston esa 169-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2023 va 2024 yillarda ushbu reytingda 121-o‘rinda bo‘lgan, undan oldingi yili esa 126-o‘rinni qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi berilishi haqida ma’lum qilingandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Korruptsiya indeksi pastladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing