O‘zbekiston mart oyida kimlar bilan maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning mart oyidagi xalqaro tanaffus payti “FIFA Series” doirasida Gabon, Islandiya va Trinidad va Tobago terma jamoalarining 2 tasiga qarshi uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “Asean Football” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonda mezbonlik qilinadigan turnir ishtirokchilari allaqachon aniqlangan. Fabio Kannavaro shogirdlari ushbu musobaqa doirasida Gabon, Islandiya va Trinidad va Tobago terma jamoalarining 2 tasiga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. 

2026 yilgi “FIFA Series” musobaqasi dunyoning bir nechta mintaqalarini qamrab olgan. Bu turnirga mezbon sifatida O‘zbekistondan tashqari Avstraliya, Ozarbayjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Mavrikiy, Puerto-Riko va Ruanda davlatlari ham  tanlab olingan.

FIFA 2026 seriyasi xalqaro musobaqalarda yangi format bo‘lib, turli konfederatsiyalardan kelgan milliy jamoalarga rasmiy saralash va qit’a turnirlaridan tashqari bir-biriga qarshi o‘ynash imkonini beradi.

Jamoalar dunyoning turli mintaqalarini ifodalovchi to‘rt kishilik guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhdagi har bir jamoa ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Fabio Kannavaro “FIFA Series”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing