O‘zbekiston Olimpiadada yana bir litsenziyaga ega bo‘ldi

Sport

image

Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir litsenziya qo‘shildi. Bu haqda mamlakat Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Xalqaro konkichilar ittifoqi musobaqa dasturlari kesimida litsenziyalar taqsimotini qayta amalga oshirgan va unda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi Daniil Yeybog 1500 metr masofada ham ishtirok etishi tasdiqlangan. 

Ma’lumot uchun, Yeybogning mazkur masofadagi starti joriy yilning 14 fevral kuniga belgilangan. Shuningdek, Daniil shu kuni 500 metr masofali dasturda ham qatnashadi. Shuningdek, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom yo‘nalishlarida qishki Olimpiada bahslarida ishtirok etadi. Saralash sikli yakuniga ko‘ra, Dmitriy Chigiryov hamda Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik yo‘nalishida Olimpiadaga yo‘llanma qo‘lga kiritgan edi. Biroq, turnirga tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigiryov jarohat olib, musobaqagacha tiklana olmadi. Shu bois musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi tog‘ chang‘isi va short-trek dasturlaridagina ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Olimpiya go‘zali” sifatida tanilgan mashhur niderlandiyalik konkida uchuvchi Yutta Lerdam 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgandi va Olimpiya rekordini yangilagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Daniil Eybog tog' chang'isi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing