O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 81 ta medalga ega chiqdi

Sport

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Bahrayn poytaxti bo‘lgan Manama shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari yakuniga yetadi. Unda O‘zbekiston sportchilari 81 ta medalga ega chiqdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Bahraynda yakuniga yetayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlaridagi ishtirokini tugatdi. Osiyoning 45 mamlakatidan 4000 nafardan ortiq yosh sportchisi ishtirok etgan mazkur musobaqada o‘zbekistonlik yosh atletlar 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Xitoy sport delegatsiyasi katta farq bilan birinchi o‘ringa ega chiqdi. Chin yurti sportchilari 63 ta oltin, 49 ta kumush, 35 ta bronza, jami 147 ta medal bilan taqdirlandi. Top-10 talikdan Eron, Tailand, Hindiston, Gonkong, BAA, KXDR va Xitoy Taypeyi terma jamoalari joy oldi. 

Ushbu natijaning O‘zbekiston delegatsiyasi uchun yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlaridagi eng yaxshi natija bo‘ldi. O‘zbekiston I Osiyo yoshlar o‘yinlarida 3 ta bronza, II Osiyo o‘yinlarda esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu safar yosh sportchilar 81 ta medalga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning qo‘shnilari orasida Tojikiston delegatsiyasi 2 ta oltin, 3 ta kumush, 15 ta bronza medal jamg‘argan holda, 18, Qirg‘iz Respublikasi 1 ta oltin, 9 ta kumush, 11 ta bronza bilan 21, Afg‘oniston 1 ta kumush, 2 ta kumush, 3 ta bronza bilan 24, Turkmaniston esa 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida 27-o‘rinni band etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahrayn Manama III Osiyo o'yinlari 81 ta medal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing