O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Do‘stlik ligasi a’zolari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 dekabr kuni Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi va shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Liga a’zolari ham qatnashgan uchrashuvda O‘zbekiston – Yaponiya strategik hamkorlik munosabatlarini, jumladan, parlamentlararo yo‘nalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Do‘stlikk ligasi, ayniqsa, uning raisi Taro Aso O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi yuksak baholangan.

Parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda parlamentlardagi do‘stlik guruhlarining rolini kuchaytirish muhimligi ta’kidlangan.

Uchrashuv yakunida 2026 yilda navbatdagi Parlamentlararo forumni O‘zbekistonda tashkil etishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi 2002 yilda tashkil etilgan va hozirgi paytda uning a’zolari soni 40 nafardan oshgan. Ular orasida Yaponiyaning taniqli siyosat arboblari, nufuzli deputat va diplomatlari bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamenti spikeri bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Mirziyoev Do'stlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing