Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamenti spikeri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 dekabr kuni Tokio shahriga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri Fukusiro Nukaga bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston – Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ikki mamlakat parlament delegatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro tashrif va uchrashuvlar faol tus olgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. Parlamentlarda do‘stlik guruhlari faol ish olib bormoqda. May oyida Tokioda navbatdagi parlamentlararo forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

Parlamentlarning qo‘mitalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va Yaponiya prefekturalari assambleyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish muhimligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Parlamenti Maslahatchilari palatasi prezidenti bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yaponiya Tokio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing