O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol karatechi jahon chempioni bo‘ldi (video)

Sport

image

Kecha, 30 noyabr kuni o‘zbekistonlik karatechi Gulshan Alimardonova Misr poytaxti Qohirada o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida -50 kg vazn toifasida jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u jahon chempioniga aylangan birinchi o‘zbekistonlik ayol karatechiga aylandi.

Gulshan Alimardonova finalga qadar yo‘lida duch kelgan barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Finalda ham u ustunlikni qo‘lga kiritdi. 

Ta’kidlash joizki, shu paytga qadar faqat Dostonbek Otabolayev jahon chempionligiga erishgan va O‘zbekistonning karate bo‘yicha birinchi jahon chempioni sifatida tarixga kirgan edi. Endi esa Gulshan Alimardonova o‘zbekistonlik ayol karatechilar orasida jahon chempioni bo‘lgan birinchi sportchiga aylandi. 


Maqola muallifi

Teglar

karate jahon chempioni Gulshan Alimardonova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing