Shavkat Mirziyoyev Andrey Babishni kutib oldi
Jamiyat
−
12:05 3488 1 daqiqa
Bugun, 30 aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, uni shohsupaga taklif qilgan.
Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Chexiya davlat madhiyalari yangragan. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.
Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.
Live
Barchasi