O‘zbekiston va Isroil vakillari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Isroil davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari, shuningdek dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha atroflicha fikr almashilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish, ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuksaltirish va mavjud aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil hududi bo‘ylab raketa hujumlari oqibatida raketa parchalaridan jarohat olgan fuqarolar soni ortib borayotgani sababli O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqqandi. Elchixona barcha O‘zbekiston fuqarolarini Isroil Frontorti qo‘mondanligi ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaqin Sharq Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing