O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari qo‘shma bayonot imzoladi
Jamiyat
−
26 mart 2666 2 daqiqa
Bugun, 26 mart kuni O‘zbekiston – Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishidan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzolagan.
Bundan tashqari, hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar to‘plami, jumladan:
- Tovar ayirboshlashni oshirish dasturi;
- Sanoat kooperatsiyasi dasturi;
- Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risida bitim;
- Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Chegaraoldi hududlarda radiochastotalarni o‘zlashtirishni muvofiqlashtirish to‘g‘risida bitim;
- “O‘zbekiston – Tojikiston investitsiya kompaniyasi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
- “Ye-Permit” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- 2026-2028 yillarda sanoat va innovatsiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
- 2026-2028 yillarda tog‘-kon sanoati va yangi texnologiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
- 2026-2027 yillarda madaniyat sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- 2026-2028 yillarda turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- 2026-2028 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- innovatsiya, davlat xizmati, moliya, ta’lim va sud qarorlarini majburiy ijro etish sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Imomali Rahmon davlat tashrifi bilan Toshkentga yetib kelgandi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Shuningdek, Ko‘ksaroy qarorgohida Imomali Rahmonni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Keyinroq esa Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon tor doirada muzokara va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Shuningdek, ikki davlat yetakchilari yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.
Live
Barchasi