O‘zbekiston yashash narxi eng past davlatlar qatoriga kirdi
Bu qiziq
−
20:22 1868 1 daqiqa
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston yashash narxi past bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi. Bu haqda “Numbeo” tomonidan tuzilgan global reytingda keltirilgan.
Reytingga jami 155 ta davlat kiritilgan. Taqqoslash uchun bazaviy nuqta sifatida Nyu-York tanlangan bo‘lib, undagi narxlar darajasi 100 deb qabul qilingan. Indeks qanchalik past bo‘lsa, mamlakatda yashash shunchalik arzon hisoblanadi. Hisob-kitoblarda uy-joy ijarasi, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat mahsulotlari, restoranlar, shuningdek aholining xarid qobiliyati inobatga olingan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
- Qozog‘iston 29,8 indeks bilan 128-o‘rinni;
- Tojikiston 27,9 indeks bilan 136-o‘rinni;
- O‘zbekiston 27,3 indeks bilan 138-o‘rinni, Qirg‘iziston esa 27,3 indeks bilan 140-o‘rinni egallagan.
Mintaqada eng yuqori xarid qobiliyati Qozog‘istonda, eng past ko‘rsatkich esa Tojikistonda qayd etilgan.
Qayd etish joiz, yashash narxining pastligi har doim ham farovonlik darajasi yuqori ekanini anglatmaydi. Xarid qobiliyatidagi tafovutlar narxlar darajasi bilan aholining real daromadlari o‘rtasidagi farqni aks ettiradi.
Live
Barchasi