O‘zbekiston JSTga a’zolik bo‘yicha yana ikki davlat bilan kelishuvga erishdi
Jamiyat
−
06 noyabr 2025 5031 1 daqiqa
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha yana ikki mamlakat – Kanada va Panama bilan muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov o‘zining LinkedIn’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha O‘zbekistonning 11-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Kanada va Panama bilan bozorlarga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash protokollarini muvaffaqiyatli imzolagan.

“O‘zbekiston tomoni Kanada va Panama jamoalariga mamlakatning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni hamda ikki tomonlama muzokaralarda ko‘rsatgan konstruktiv hamkorligi uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarning yakunlagani e’lon qilingandi. Bu voqea Yevropa Ittifoqining 27 ta a’zo davlati bilan bozorga kirish masalalari, eksport va import bojlariga doir imtiyozlar hamda xizmatlar sohasi bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlashni anglatadi.
Live
Barchasi