O‘zbekistonda 1 oyda 86,5 mlrd so‘mlik tok va gaz o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
06 Sentabr 2927 1 daqiqa
Joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga 86,5 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, "O‘zenergoinspeksiya" tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida so‘nggi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 179 ta holat aniqlangan.
Unga ko‘ra, 36,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (58,9 mlrd so‘m) va 8,7 mln metr kub tabiiy gaz (27,5 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida jami 86 milliard 571 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan. Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 476 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga 96 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan edi. Xususan, 27,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (54,9 mlrd so‘m) va 12,6 mln metr kub tabiiy gaz (41,1 mlrd so‘m) talon-toroj qilingan.
Live
Barchasi