O‘zbekistonda 2025 yilda qancha bola emlangani aytildi
Jamiyat
−
25 fevral 947 1 daqiqa
2025 yilda O‘zbekistonda yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovi respublika bo‘yicha 95 foizni tashkil etib, 5 mln 600 ming bola 13 turdagi vaksina bilan emlangan. Bu haqda kecha, 24 fevral kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan Sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlashda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda inson sog‘lig‘iga jiddiy tahdid soluvchi virusli gepatit B va S turiga skrining tekshiruvlar uchun berilgan testlar soni jami 2 mln 434 ming 900 tani tashkil etgan.
Shuningdek, 2022-2025 yillar davomida surunkali virusli gepatit C bilan kasallangan 47 ming 732 nafar bemor davlat byudjetidan hamda Misr Arab Respublikasidan berilgan dori vositalari yordamida to‘liq davolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti so‘nggi bir necha yil ichida kasallanish holatlarining ko‘paygani sababli O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qilgandi.
Live
Barchasi